29/03/2024

Buvayda tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sh.Tursunov tomonidan savdo bilan shug‘ulanuvchi yakka tartibdagi tadbirkor Z.Tojiyevning savdo do‘konida 4-savdo (YaTT) choraklik tanlanma kuzatuvlari o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida tanlab olingan yakka tartibdagi tadbirkorlarning bir oy davomida ishlagan kunlari, bir kunlik tushum miqdori, oy davbomida sotilgan mahsulotlarning o‘rtacha tushumi va boshqa ma’lumotlar shakllantirildi. Olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.
Axborot xizmati.