29/03/2024

2024-yilning yanvar-fevral oylari yakunlariga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida mashina va uskunalardan tashqari tayyor metall buyumlar ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 3,4 % ni, fizik hajm indeksi 114,1 % ni hamda ishlab chiqarish hajmi 140,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, 2023-yilning yanvar-fevral oylarida ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 3,2 % ni fizik hajm indeksi esa 297,8 % ni tashkil etgan.