02/04/2024

Joriy yilning 2-aprel kuni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi mutaxassisi A.Komiljonov tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Farg‘ona shahridagi “Jo‘ydam” MFY, “Maorif” ko‘chasi 3-uyida istiqomat qiluvchi N.Bazarovalar xonadonida so‘rovnoma o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlarni shakllantirishdan iborat ekanligi haqida tushuncha berildi va fuqarodan olingan ma’lumotlarni joyida planshet qurilmasiga kiritildi.