03/04/2024

2024-yil yanvar-fevral oylari holatiga Uchko‘prik tumanining chakana savdo aylanmasi hajmi 420,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 107,1 %ni tashkil etdi.

Bundan tashqari:
Aholi jon boshiga chakana savdo aylanmasi - 1 760,9 ming so‘m
Uyushmagan savdo aylanmasi – 8,3 mlrd. so‘m
Umumiy ovqatlanish korxonalarida - 3,7 mlrd. so‘m
Avtotransport vositalari va ularning ehtiyot qismlari ulgurji va chakana savdo aylanmas – 5,6 mlrd. so‘m
Ulgurji savdo tovar aylanmasida – 187,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi.