03/04/2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika Agentligining 2024-yil 1-apreldagi 74-K-sonli buyrug‘i bilan Zokirov Shuxrat Turdaliyevich Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Zokirov Shuxrat Turdaliyevich 1986-yil 26-mayda Farg‘ona viloyati Rishton tumanida tavallud topgan. 2009-yilda Farg‘ona Davlat universitetini tamomlagan. 2009-2010-yillarda Rishton tumani Xalq ta’limi bo‘limida monitoring mutaxassisi, 2010-2017-yillarda Rishton “Pedagogika va iqtisodiyot” kollejida o‘qituvchi, 2017-2018-yillarda “Adolat” sotsial-demokratik partiyasida ijrochi kotib, 2018-2022-yillarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi “Sanoat statistikasi” bo‘limining birinchi toifali mutaxassisi, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. 2022-2024-yillarda Rishton tumani “A.Navoiy” MFYda hokim yordamchisi lavozimida faoliyat yuritdi.

Sh. Zokirov tayinlovga qadar Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi "Statistik faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborat tahliliy ishlar" bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.