03/04/2024

 Joriy yilning 3-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika Agentligining “Ro‘yxatga olish natijalari bo‘yicha yig‘ma tahliliy axborotlarni shakllantirish” bo‘limi bosh mutaxassisi H.Murodullayev hamda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi mutaxassislari bilan hamkorlikda joylarda mazkur tadbirga tayyorgarlik ishlari qanday olib borilayotganligi o‘rganildi. Chunonchi, Marg‘ilon shahridagi “Yorqin” va “Baxrin” mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘lib, raqamlanmagan uylarni raqamlashtirish, ko‘cha nomi belgilarining ilinganligi, noturar obyektlarni mahallalarning yangilangan xaritasi bilan solishtirish ishlari olib borildi. Shu bilan birga mahalla fuqarolar yig‘ini faollari bilan kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar haqida ham kelishib olindi. Olib borilgan ishlar yuzasidan H. Murodullayev o‘z  taklif va tavsiyalarini berdi.

Axborot xizmati.