04/04/2024

Avval xabar berganimizdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika Agentliginingning bosh mutaxassisi H.Murodullayev Farg‘ona viloyatida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ishlari yuzasidan o‘rganish olib bormoqda. Jumladan, joriy yilning 3-aprel kuni Farg‘ona shahriga qarashli “Ilg‘or” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, raqamlanmagan uylarni raqamlashtirish, ko‘cha nomi belgilarining ilinganligi, noturar obyektlarni mahallalarning yangilangan xaritasi bilan solishtirish ishlari olib borildi. Shu bilan birga mahalla fuqarolar yig‘ini faollari bilan kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar haqida ham kelishib olindi. Olib borilgan ishlar yuzasidan H. Murodullayev o‘z taklif va tavsiyalarini berdi.