Viloyatning eksport salohiyatini oshirish, eksportyorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, eksportbop mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish maqsadida amalga oshirilgan islohotlar natijasida eksportyorlar soni 336 taga yetdi va ular tomonidan 92,5 mln. AQSH dollari tovar va xizmatlar eksport qilinishi taʼminlandi. 2023-yilning mos davriga nisbatan 8,7 %ga ko‘paydi.