08/04/2024

Hukumat tomonidan qishloq xo‘jaligi va bog‘dorchilikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotgani bois eksport qilinayotgan mahsulotlar sifati va hajmi yildan-yilga ortib bormoqda. Jumladan, 2024-yil yanvar-fevral oylarida 37,7 ming tonna meva va sabzavotlar eksporti amalga oshirilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatgich 2023-yilning mos davriga nisbatan 94,1 %ga ko‘paydi yoki 18,3 ming tonnaga ko‘paydi.