08/04/2024

2024- yil yanvar-fevral oylarida oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi bo‘lgan 16,5 mln. AQSH dollari qiymatidagi meva-sabzavot eksport qilindi. Bu ko‘rsatkich 2023- yilning mos davriga nisbatan 29,9 %ga ko‘paydi va jami eksportdagi ulushi 17,8 %ni tashkil etdi.

Shundan eng yuqori ulushga ega davlatlar:
Rossiya Federatsiyasi - 11,9 mln. AQSH dollari
Qozog‘iston - 1,7 mln. AQSH dollari
Xitoy Xalq Respublikasi - 1,7 mln. AQSH dollari
Qirg‘iz Respublikasi - 0,3 mln. AQSH dollari
Boshqa davlar - 0,9 mln. AQSH dollari miqdorida qayd etildi.