08/04/2024

2024- yilning yanvar-fevral oylarida import qilingan tovarlar hajmi, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,7 mln. AQSH dollariga ko‘paydi va 188,6 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Xizmatlar importi esa 0,7 mln. AQSH dollariga yetdi.

Shundan yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar:
Xitoy Xalq Respublikasi - 80,2 mln. AQSH dollari
Qozog‘iston - 33,4 mln. AQSH dollari
Rossiya Federatsiyasi - 25,3 mln. AQSH dollari
Qirg‘iz Respublikasi - 9,2 mln. AQSH dollari
Turkiya - 7,1 mln. AQSH dollari
Hindiston - 5,9 mln. AQSH dollari
Koreya Respublikasi - 3,9 mln. AQSH dollariga to‘g‘ri keldi.