Bugungi kunda ko‘cha-ko‘yda atlas yo adrasdan tikilgan libosdagi qizu juvonlarni ko‘rganingda ko‘zlar yashnab ketadi, ko‘ngil g‘ururga to‘ladi. Xalqimizning shunday qimmatbaho merosi borligidan faxrlanasan kishi. Joriy yilning 13-aprel kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xotin-qizlari ham "Xonatlas" festivalida faol qatnashmoqdalar.