15/04/2024

2024-yil 1- aprel holatiga Dang‘ara tumani bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 2 892 taga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 100,2 %ni tashkil etdi.

Shundan:
Faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar – 1 690 ta
Yangi tashkil etilgan – 54 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganda:
Qishliq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 93 ta
Sanoatda – 369 ta
Qurilishda – 82
Savdoda – 626 ta
Tashish va saqlashda – 43 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 78 ta
Axborot va aloqada – 9 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda – 41 ta
Boshqa turdagi xizmatlarda – 349 ta

Korxonalarni tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha tahlil qilinganda:
Mas’uliyati cheklangan jamiyatlari – 988 ta
Xususiy korxonalar – 168 ta
Oilaviy korxonalar – 279 ta
Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar - 15 taga to‘g‘ri keldi.