15/04/2024

2024-yil 1- aprel holatiga Farg‘ona tumani bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 2 518 taga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 107,3 %ni tashkil etdi.

Shundan:
Faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar – 1 808 ta
Yangi tashkil etilgan – 94 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganda:
Qishliq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 101 ta
Sanoatda – 255 ta
Qurilishda – 110 ta
Savdoda – 659 ta
Tashish va saqlashda – 54 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 97 ta
Axborot va aloqada – 10 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda – 74 ta

Korxonalarni tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha tahlil qilinganda:
Mas’uliyati cheklangan jamiyatlari – 812 ta
Xususiy korxonalar – 439 ta
Oilaviy korxonalar – 215 ta
Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar - 19 taga to‘g‘ri keldi.