17/04/2024

2024-yil 1- aprel holatiga Oltiariq tumani bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 3 013 taga yetdi.  Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 107,5 %ni tashkil etdi.

Shundan:
Faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar – 2 200 ta
Yangi tashkil etilgan – 95 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganda:
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 91 ta
Sanoatda – 296 ta
Qurilishda – 125 ta
Savdoda – 690 ta
Tashish va saqlashda – 330 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 134 ta
Axborot va aloqada – 36 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda – 57 ta
Boshqa turdagi xizmatlarda – 441 ta

Korxonalarni tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha tahlil qilinganda:
Mas’uliyati cheklangan jamiyatlari – 1 029 ta
Xususiy korxonalar – 410 ta
Oilaviy korxonalar – 436 ta
Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar - 17 taga to‘g‘ri keldi.