19/04/2024

Joriy yilning 19-aprel kuni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi mutaxassisi N.Umarova tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Quvasoy shahridagi “Cho‘lpon” MFY, A.Navoiy ko‘chasi, 117/13 xonadonida so‘rovnoma o‘tkazildi.  Kuzatuv jarayonida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlarni shakllantirishdan iborat ekanligi haqida tushuncha berildi va fuqarodan olingan ma’lumotlarni joyida planshet qurilmasiga kiritildi.