23/04/2024

Joriy yilning 23-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika Agentligining “Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi” boshqarmasi boshlig‘i B. Irgashev, Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi hamda viloyat Turizm boshqarmasining mas’ul rahbarlari, supervayzerlar, ishchi guruh a’zolari ishtirokida o‘quv seminari tashkil etildi. Mazkur tadbir viloyat statistika boshqarmasi hamda viloyat Turizm  boshqarmasi bilan hamkorligida respublika eksportida turizm hajmini to‘liq hisobga olinishini, turizm statistikasi ko‘rsatkichlarini va turizm yordamchi hisobini shakllantirishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirish va chiqishga oid turizm bo‘yicha tanlanma kuzatuv o‘tkazish jarayonini amalga oshiradi. Kuzatuv natijasi asosida turistlar oqimi, turistlarning safar maqsadi va davomiyligi, respublika hududida chet ellik turistlarning hamda chet elga safar qilgan O‘zbekiston rezidentlarining amalga oshirgan sarf-harajatlari tarkibi kabi ma’lumotlar shakllanadi.