25/04/2024

Joriy yilning 25- aprel kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi binosida viloyatda faoliyat yuritayetgan ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlar ishtirokida viloyatda xizmatlar sohasini rivojlanishi bo‘yicha joriy yilning 1-chorak yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Sh.Zokirov hamda “Xizmatlar sohasi statistikasi” bo‘limi boshlig‘i O‘. Sobirovlar qatnashdi. Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshligining o‘rinbosari Sh.Zokirov matbuot anjumanini kirish so‘zi bilan ochdi. U o‘z so‘zida xizmatlar sohasi korxonalar, tashkilotlar, shuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan ko‘rsatiladigan turli xil xizmatlar, ishlab chiqarishni o‘z ichiga olgan umumlashtirilgan toifalar kirishi, ushbu sohani ko‘pincha rivojlangan zamonaviy infratuzilma tufayli sanoatdan keyingi iqtisodiy tuzilma tarzida ko‘rilishi haqida to‘xtalib, 2024-yil 1-aprel holatiga viloyatda xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 28 432 taga yetganligi, ular tomonidan hisobot davrida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 7 363,8 mlrd. so‘mga bajarilganligi, taqqoslama ekvivalentda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 112,2 %ni tashkil etganligi hamda aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 1 809,1 ming so‘mni va u 2023-yilga nisbatan 109,9 %ni tashkil etganligi haqida batafsil ma’lumot berdi. Shundan so‘ng so‘zni viloyat statistika boshqarmasining “Xizmatlar sohasi statistikasi” bo‘limi boshlig‘i O‘. Sobirov so‘zga chiqib, 2024-yil yanvar-mart oylarida Farg‘ona viloyatida transport xizmatlari hajmi 1 387,9 mlrd. so‘mni tashkil etganligi, shundan, avtotransport xizmati 1 296,5 mlrd. so‘m, savdo xizmatlari hajmi 2 121,4 mlrd. so‘m, moliyaviy xizmatlar hajmi 1 705,2 mlrd. so‘m, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 375,2 mlrd. so‘m, ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 266,6 mlrd. so‘m, yashah va ovqatlanish sohasidagi xizmatlar hajmi 191,0 mlrd. so‘m, sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar hajmi 148,7 mlrd. so‘m, ijara xizmatlar hajmi 145,8 mlrd. so‘m, kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar hajmi 193,7 mlrd. so‘m darajasida belgilanganligi haqida so‘z yuritdi. Bundan tashqari, iqtisodiy faoliyat turlarida xizmatlar hajmining asosiy 13ta tur faoliyatini shakllantirilishida ichki 70 ta xizmat turlarini kuzatilishi va tahliliy ishlarni olib borilishi natijasida kelib chiqishi haqida axborot berdi. Anjuman so‘ngida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Axborot xizmati.