26/04/2024

Barcha joylardagi kabi joriy yilning 24-aprel kuni Quvasoy shahridagi bolalar sport maktabida ham aholini ro‘yxatga olishi bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirildi. Tadbirda, Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish" bo‘limi boshlig‘i A.Abdurazakov hamda mutaxassis G‘Mamajonovlar qatnashib, bu tadbirni o‘tkazishdan maqsad- mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi to‘g‘risida to‘liq va ishonchli ma’lumotga ega bo‘lish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash, mehnat resurslarini o‘rganish uchun eng katta manbaa ekanligi haqida ma’lumot berdilar.