26/04/2024

Joriy yilning 24-aprel kuni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi mutaxassisi R.Vahobov tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Quva tumanidagi “Taxtako‘prik” MFY, “Bunyodkor” ko‘chasi, 68-uyda istiqomat qiluvchi M.Hakimovlar xonadonida so‘rovnoma o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlarni shakllantirishdan iborat ekanligi haqida tushuncha berildi va fuqarodan olingan ma’lumotlarni joyida planshet qurilmasiga kiritildi.