26/04/2024

Joriy yilning 26-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika Agentligining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” boshqarmasi boshlig‘i Q. Berdiqulov hamda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi mutaxassislari bilan hamkorlikda joylarda mazkur tadbirga tayyorgarlik ishlari qanday olib borilayotganligi o‘rganildi. Chunonchi, Marg‘ilon shahridagi “Baxrin” va Quva tumanidagi “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘lib, raqamlanmagan uylarni raqamlashtirish, ko‘cha nomi belgilarining ilinganligi, noturar obyektlarni mahallalarning yangilangan xaritasi bilan solishtirish ishlari olib borildi. Shu bilan birga mahalla fuqarolar yig‘ini faollari bilan kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar haqida ham kelishib olindi. Olib borilgan ishlar yuzasidan Q. Berdiqulov o‘z  taklif va tavsiyalarini berdi.