2024- yil yanvar-mart oylari uchun o‘rtacha oylik ish haqi 3 723,2 ming so‘m miqdorida qayd etildi. Ko‘rsatkichini shakllantirishda qishloq xo‘jaligi va kichik tadbirkorlik subyektlari hisobga olinmagan, chunki fermer xo‘jaliklari hamda kichik tadbirkorlik subyektlari yilda bir marta hisobot taqdim etishi belgilangan.