01/05/2024

2024- yil 1- yanvar holatiga Farg‘ona viloyatining doimiy aholisi tarkibini jinsi va yosh guruhlari bo‘yicha (65 yoshgacha bo‘lganlar 5 yillik yosh intervalida, 65 va undan yuqori yoshdagilar esa jamlangan holda) tahlil qilinganda, erkaklar tarkibida 4 yoshgacha bo‘lgan bolalar eng yuqori ko‘rsatkichni, ya’ni 249,7 ming kishini tashkil etgan. Erkaklar tarkibida eng kam aholi soni 60-64 yoshlilar hissasiga to‘g‘ri kelib, 77,8 ming kishini tashkil etdi. Shuningdek, ayollar tarkibida ham 4 yoshgacha bo‘lgan qizlar eng yuqori ko‘rsatkichni, ya’ni 233,2 ming kishini tashkil etgan bo‘lsa, eng kam ayollar soni 60-64 yoshlilar hissasiga to‘g‘ri kelgan, ya’ni 85,2 ming kishini tashkil etgan.