03/05/2024

Viloyatning eksport salohiyatini oshirish, eksportyorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, eksportbop mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish maqsadida amalga oshirilgan islohotlar natijasida eksportyorlar soni 403 taga yetdi va ular tomonidan 133,9 mln. AQSH dollari miqdorida tovar va xizmatlar eksport qilinishi taʼminlandi. Bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 4,0 %ga ko‘payganligini ko‘rish mumkin.