06/05/2024

Joriy yilning 3-may kuni Farg‘ona shahar statistika bo‘limi bosh mutaxassisi D.Maksudov tomonidan Farg‘ona shahar, “Vatan ravnaqi” ko‘chasi 31-uyda istiqomat qiluvchi I.Umurzakov xonadonida 4-TJ (turar joy) tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy joylarga sarf qilingan mablag‘lar haqidagi ma’lumotlar to‘plandi. Olingan ma’lumotlar joyida shaffof tarzda planshet qurilmasiga kiritildi. Xonadon egalariga mazkur kuzatuv haqqoniy statistik ma’lumotlarni shakllantirishga xizmat qilishi haqida tushuncha berildi.