06/05/2024

2024-yil yanvar-mart oylari holatiga Quva tumanida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan 103 korxona va tashkilotlar tomonidan 81,9 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 114,9 %ni tashkil etdi.

Shundan:
Yirik korxonalar – 3,6 mlrd. so‘m
Kichik korxona va mikrofirmalar – 18,4 mlrd. so‘m
Norasmiy sektor – 59,9 mlrd. so‘m

Bundan tashqari:
Yangi qurilish, rekonstruksiya, kengaytirish va texnik qayta qurollantirish – 74,6 mlrd. so‘m
Aholi jon boshiga qurilish ishlari – 296,5 ming so‘m

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha:
Bino va inshootlarni qurish – 76 mlrd. so‘m
Fuqarolik obyektlarini qurish – 3,2 mlrd. so‘m
Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari – 2,7 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.