06/05/2024

Joriy yilning 6-may kuni O‘zbekiston tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sh. Murodov tomonidan O‘zbekiston tumani, “Yakkatut”MFY, Mustaqillik ko‘chasi, 101-uyda istiqomat qiluvchi I.Nazarovlar xonadonida 4-TJ (turar joy) tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy joylarga sarf qilingan mablag‘lar haqidagi ma’lumotlar to‘plandi. Olingan ma’lumotlar joyida shaffof tarzda planshet qurilmasiga kiritildi. Xonadon egalariga mazkur kuzatuv haqqoniy statistik ma’lumotlarni shakllantirishga xizmat qilishi haqida tushuncha berildi.