07/05/2024

Joriy yilning 7-may kuni Oltiariq tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Z.Musayev tomonidan Oltiariq tumani, “Beruniy” MFY, Ibrat ko‘chasi 47-uyda istiqomat qiluvchi H.Kamolov xonadonida 4-TJ (turar joy) tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy joylarga sarf qilingan mablag‘lar haqidagi ma’lumotlar to‘plandi. Olingan ma’lumotlar joyida shaffof tarzda planshet qurilmasiga kiritildi. Xonadon egalariga mazkur kuzatuv haqqoniy statistik ma’lumotlarni shakllantirishga xizmat qilishi haqida tushuncha berildi.