07/05/2024

Joriy yilning 7-may kuni Farg‘ona shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirokida aholini ro‘yxatga olishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘I A.Abdurazakov tomonidan aholini ro‘yxatga olish jarayonidan olingan ma’lumotlar aholi turmush darajasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, onalar va bolalar salomatligini yaxshilash bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqishda katta manbaa ekanligi haqida tushuncha berildi.