07/05/2024

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari“ bo‘limi mutaxassisi N.Qodirova tomonidan Farg‘ona tumanidagi “O‘rta qishloq” MFYda istiqomat qiluvchi Isomiddinovlar oilasi xonadonida uy xo‘jaligi kuzatuvi o‘tkazildi. Natijada uy xo‘jaligining barcha asosiy belgilari, aholi daromadlari tarkibida boshqa joriy transfertlarlar, aholining real umumiy daromadlari, ijtimoiy transfertlar, minimal iste’mol xarajatlari qiymati, uy xo‘jalik daromadlari, xarajatlari, iste’moli va uy joyi, uzoq muddatli foydalaniladigan buyumlar bilan ta’minlanganligi, uy-xo‘jalik a’zolarining savodxonligi, bandligi, kam ta’minlanganlik darajasi kabi ma’lumotlar shakllantirildi va joyida planshet qurilmasiga kiritildi.