2024-yil yanvar-mart oylari holatiga Bag‘dod tumanida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan 110 korxona va tashkilotlar tomonidan 150,2 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 84,1 %ni tashkil etdi.
Shundan:
Yirik korxonalar – 8,2 mlrd. so‘m
Kichik korxona va mikrofirmalar – 117,1 mlrd. so‘m
Norasmiy sektor – 24,9 mlrd. so‘m
Bundan tashqari:
Yangi qurilish, rekonstruksiya, kengaytirish va texnik qayta qurollantirish – 57,2 mlrd. so‘m
Aholi jon boshiga qurilish ishlari – 642,8 ming so‘m
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha:
Bino va inshootlarni qurish – 108,1 mlrd. so‘m
Fuqarolik obyektlarini qurish – 31,3 mlrd. so‘m
Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari – 10,8 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.