07/05/2024

Joriy yilning 7-may kuni Buvayda tumani statistika bo‘limi bosh mutaxassisi J. Odilov tomonidan Buvayda tumani, “Jiydali” MFY, Obod ko‘chasida istiqomat qiluvchi A.Ermatovlar xonadonida 4-TJ (turar joy) tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy joylarga sarf qilingan mablag‘lar haqidagi ma’lumotlar to‘plandi. Olingan ma’lumotlar joyida shaffof tarzda planshet qurilmasiga kiritildi. Xonadon egalariga mazkur kuzatuv haqqoniy statistik ma’lumotlarni shakllantirishga xizmat qilishi haqida tushuncha berildi.