07/05/2024

Joriy yilning 7-may kuni Yozyovon tumani statistika bo‘limi bosh mutaxassisi A.Hakimov tomonidan Yozyovon tumani, “Qo‘rg‘oncha” MFY “Nurli kelajak”, “Qozobog‘i ko‘chalarida istiqomat qiluvchi I.Rahmatov hamda M. Valiyevlar xonadonida 4-TJ (turar joy) tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy joylarga sarf qilingan mablag‘lar haqidagi ma’lumotlar to‘plandi. Olingan ma’lumotlar joyida shaffof tarzda planshet qurilmasiga kiritildi. Xonadon egalariga mazkur kuzatuv haqqoniy statistik ma’lumotlarni shakllantirishga xizmat qilishi haqida tushuncha berildi.