08/05/2024

2024-yil yanvar-mart oylari holatiga Oltiariq tumanida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan 125 korxona va tashkilotlar tomonidan 62,5 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 121,7 %ni tashkil etdi.

Shundan:
Yirik korxonalar – 3,1 mlrd. so‘m
Kichik korxona va mikrofirmalar – 22,8 mlrd. so‘m
Norasmiy sektor – 36,6 mlrd. so‘m

Bundan tashqari:
Yangi qurilish, rekonstruksiya, kengaytirish va texnik qayta qurollantirish – 45,7 mlrd. so‘m
Aholi jon boshiga qurilish ishlari – 273,1 ming so‘m

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha:
Bino va inshootlarni qurish – 49,7 mlrd. so‘m
Fuqarolik obyektlarini qurish – 12,4 mlrd. so‘m
Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari – 0,4 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.