08/05/2024

Joriy yilning 7-may kuni Quva tumanidagi 30- umumiy o‘rta ta’lim maktabining oyuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida aholini ro‘yxatga olishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi mutaxassisi G‘. Mamajonov tomonidan aholini ro‘yxatga olish jarayonidan olingan ma’lumotlar aholi turmush darajasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, onalar va bolalar salomatligini yaxshilash bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqishda katta manbaa ekanligi haqida tushuncha berildi.