08/05/2024

Joriy yilning 8-may kuni Farg‘ona tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi S.Avazxonov tomonidan Farg‘ona tumani, “Yuqori Vodil” MFY “Yaxshi niyat” ko‘chasi 156-uyida istiqomat qiluvchi A.Umrzoqovlar xonadonida 4-TJ (turar joy) tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy joylarga sarf qilingan mablag‘lar haqidagi ma’lumotlar to‘plandi. Olingan ma’lumotlar joyida shaffof tarzda planshet qurilmasiga kiritildi. Xonadon egalariga mazkur kuzatuv haqqoniy statistik ma’lumotlarni shakllantirishga xizmat qilishi haqida tushuncha berildi.


Axborot xizmati.