10/05/2024

Joriy yilning 10-may kuni Qo‘qon shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sh. Yusupov tomonidan Qo‘qon shahridagi, “Mingtut” MFY, “Tarannum” 1-tor ko‘chasi, 4- xonadonida 4-TJ (turar joy) tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy joylarga sarf qilingan mablag‘lar haqidagi ma’lumotlar to‘plandi. Olingan ma’lumotlar joyida shaffof tarzda planshet qurilmasiga kiritildi. Xonadon egalariga mazkur kuzatuv haqqoniy statistik ma’lumotlarni shakllantirishga xizmat qilishi haqida tushuncha berildi.


Axborot xizmati.