14/05/2024

Joriy yilning 13-may kuni Farg‘ona shahar statistika bo‘limi bosh mutaxassisi D.Maksudov tomonidan Farg‘ona shahar, “Surxtepa” MFY, “Kosmonavtlar” ko‘chasi, 8-uyda istiqomat qiluvchi U.Mirzayevlar xonadonida 4-TJ (turar joy) tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy joylarga sarf qilingan mablag‘lar haqidagi ma’lumotlar to‘plandi. Olingan ma’lumotlar joyida shaffof tarzda planshet qurilmasiga kiritildi. Xonadon egalariga mazkur kuzatuv haqqoniy statistik ma’lumotlarni shakllantirishga xizmat qilishi haqida tushuncha berildi.


Axborot xizmati.