14/05/2024

Joriy yilning 13-may kuni Marg‘ilon shahar statistika bo‘limi bosh mutaxassisi M. Sheraliyeva tomonidan Marg‘ilon shahar, “Orol bo‘yi” MFY, Al Farg‘oniy ko‘chasi, 211-uyda istiqomat qiluvchi S.Abdurahmonova hamda “Nurafshon” MFY, Bobodehqon ko‘chasi, 119-uyda yashovchi M. Alimovalar xonadonida 4-TJ (turar joy) tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy joylarga sarf qilingan mablag‘lar haqidagi ma’lumotlar to‘plandi. Olingan ma’lumotlar joyida shaffof tarzda planshet qurilmasiga kiritildi. Xonadon egalariga mazkur kuzatuv haqqoniy statistik ma’lumotlarni shakllantirishga xizmat qilishi haqida tushuncha berildi.


Axborot xizmati.