15/05/2024

Joriy yilning 15- may kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining 2024-yil I-chorak yakunlariga bag‘ishlangan kengaytirilgan Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh. Mamadaliyev kirish so‘zi bilan ochib, milliy statistika tizimini takomillashtirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining hujjatlari hamda topshiriqlari ijrosi yuzasidan so‘z yuritdi.

Shundan so‘ng  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2024-yil I-chorak yakunlariga bag‘ishlangan Hayat yi‘g‘ilishida tuman va shaharlarning ijtimoiy-iqtisodiy holatiga oid shakllantirilgan statistik koʻrsatkichlar masalasi muhokama qilingan edi. Mazkur masala yuzasidan Yozovon, Toshloq, Furqat, Quvasoy shahri, Farg‘ona Dang‘ara tumanlari bo‘yicha ko‘rsatib o‘tilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan bo‘lim boshliqlarining hisobotlari tinglandi hamda 2024-yil II-chorak bo‘yicha qabul qilinadigan statistika hisobotlari ularning qamrovi va sifatini ta’minlash, ijtimoy-iqtisodiy koʻrsatkichlarini shakllantirish va tahlil qilish jarayonida e’tibor berilishi lozim boʻlgan jihatlar boʻyicha alohida boshqarma tarmoq bo‘limlari tomonidan ko‘rsatmalari berildi. 

 

Axborot xizmati.