15/05/2024

Joriy yilning 15-may kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi” bo‘limi bosh mutaxassis N.Mahmudova hamda mazkur kuzatuvga biriktirilgan interviyuyerlar ishtirokida “Vodil” chegara postida O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirish va chiqishga oid turizm bo‘yicha tanlanma kuzatuvlari o‘tkazilmoqda. Kuzatuvda turistlar oqimi, turistlarning safar maqsadi va davomiyligi, respublika hududida chet ellik turistlarning va chet elga safar qilgan O‘zbekiston rezidentlarining amalga oshirgan sarf-harajatlari tarkibi kabi ma’lumotlarni shakllantirishdan iborat.