16/05/2024

Joriy yilning 16- may kuni viloyat hokimi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi media rejasiga asosan “Foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joylarga ketgan sarf-xarajatlarni hisoblash tanlanma kuzatuvlari” bilan yaqindan tanishish maqsadida press-tur tashkil etildi. Tadbirda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi “Investitsiya va qurilish statistikasi” bo‘limi  yetakchi mutaxassisi R.Abdurayimov, Farg‘ona shahar statistika bo‘limi boshlig‘i Sh. Tojimatov, intervyuyer D. Maksudov hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida Farg‘ona shahar, “Simtepa MFY, “Hidoyat” ko‘chasi, 128-xonadon hamda “Obihayot” ko‘chasi 9-xonadonlarda ( xonadon egalari M.Ibrohimov, I.Nazimov) tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. 

Kuzatuv jarayonida intervyuyer tomonidan berilgan 33 savolga xonadon egalari tomonidan berilgan javoblar shaffof tarzda planshet qurilmasiga kiritildi. Shuni aytib o‘tish kerak-ki, mazkur tadbirning asosiy maqsadi - foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joylar va hovlidagi xo‘jalik qurilish maydonlarining1 kvadrat metri uchun sarflangan moddiy va mehnat resurslari miqdori haqida ma’lumot yig‘ish va ular asosida yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi bo‘yicha investitsiyalar va qurilish ishlari hajmlarini baholash uchun hisobot davrida ishga tushirilgan yakka tartibdagi uy-joylar umumiy qurilish maydonining 1 kvadrat metri qiymatini hisoblashdan iborat. Press-tur qatnashchilari o‘zlari qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan qoniqarli javoblar olishdi

 

Axborot xizmati.