16/05/2024

Joriy yilning 16-may kuni Uchko‘prik tumani statistika bo‘limi boshlig‘I E. Shokirov tomonidan Uchko‘prik tumani, “Yulg'unzor” MFY, “Karvon” ko‘chasi, 31-xonadonida 4-TJ (turar joy) tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy joylarga sarf qilingan mablag‘lar haqidagi ma’lumotlar to‘plandi. Olingan ma’lumotlar joyida shaffof tarzda planshet qurilmasiga kiritildi. Xonadon egalariga mazkur kuzatuv haqqoniy statistik ma’lumotlarni shakllantirishga xizmat qilishi haqida tushuncha berildi.


Axborot xizmati.