Joriy yilning 16-may kuni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi mutaxassisi U.Turgunova tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan O‘zbekiston tumanidagi “Qulibek” MFY, “A.Navoiy” ko‘chasi, 66-uyda istiqomat qiluvchi Mirzayevalar xonadonida so‘rovnoma o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlarni shakllantirishdan iborat ekanligi haqida tushuncha berildi va fuqarodan olingan ma’lumotlarni joyida planshet qurilmasiga kiritildi.