22/05/2024

2024-yil yanvar-mart oylari holatiga Qo‘qon shahrida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan 215 ta korxona va tashkilotlar tomonidan 351,4 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 107,5 %ni tashkil etdi.

Shundan:
Yirik qurilish tashkilotlari – 22,7 mlrd. so‘m
Kichik korxona va mikrofirmalar – 268,8 mlrd. so‘m
Norasmiy sektor – 59,9 mlrd. so‘m

Bundan tashqari:
Yangi qurilish, rekonstruksiya, kengaytirish va texnik qayta qurollantirish – 157,4 mlrd. so‘m
Aholi jon boshiga qurilish ishlari – 1 138,1 ming so‘m

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha:
Bino va inshootlarni qurish – 230,9 mlrd. so‘m
Fuqarolik obyektlarini qurish – 101,5 mlrd. so‘m
Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari – 19 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.