Joriy yilning 21-may kuni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi mutaxassisi B.Hamdamov tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Bag‘dod tumanidagi “Navro‘z” MFY, “Tafakkur” ko‘chasi 18- uyda istiqomat qiluvchi M.Siddiqovlar xonadonida so‘rovnoma o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlarni shakllantirishdan iborat ekanligi haqida tushuncha berildi va fuqarodan olingan ma’lumotlarni joyida planshet qurilmasiga kiritildi.