22/05/2024

2024-yil yanvar-aprel oylari holatiga Farg‘ona shahrida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan 709 ta korxona va tashkilotlar tomonidan 718,5 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 108,0 %ni tashkil etdi.

Shundan:
Yirik qurilish tashkilotlari – 76,8 mlrd. so‘m
Kichik korxona va mikrofirmalar – 549,8 mlrd. so‘m
Norasmiy sektor – 91,9 mlrd. so‘m

Bundan tashqari:
Yangi qurilish, rekonstruksiya, kengaytirish va texnik qayta qurollantirish – 587,9 mlrd. so‘m
Aholi jon boshiga qurilish ishlari – 2 227,1 ming so‘m

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha:
Bino va inshootlarni qurish – 466,0 mlrd. so‘m
Fuqarolik obyektlarini qurish – 172,8 mlrd. so‘m
Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari – 79,7 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.