22/05/2024

Joriy yilning 22-may kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi     “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”  PF-60-son Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-dekabrdagi “2020-2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 781-son qarori, Statistika agentligi tizimida kitobxonlikni rivojlantirish bilan zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirish, ish unumdorligini oshirish va xodimlar madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha agentlikning     2023-yil 8-fevraldagi 6-son buyrug‘i hamda Farg‘ona viloyati hokimining “Kitobxon davlat xizmatchisi” ko‘rik-tanlovini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida “Eng yaxshi kitobxon davlat xizmatchisi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.  

Tadbirda boshqarmasi rahbariyati, komissiya a’zolari  tomonidan  tanlovda qatnashgan xodimlarning o‘qigan kitoblari haqidagi ma’ruzalari tinglandi va baholandi. Tadbir so‘ngida boshqarma ma’muriyati tomonidan tashkil etilgan sovg‘alar ishtirokchilarga taqdim etildi.

 

  Axborot xizmati.