23/05/2024

2024-yil yanvar-aprel oylari holatiga Quvasoy shahrida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan 86 korxona va tashkilotlar tomonidan 77,3 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 129,1 %ni tashkil etdi.

Shundan:
Yirik korxonalar – 1,1 mlrd. so‘m
Kichik korxona va mikrofirmalar – 47,5 mlrd. so‘m
Norasmiy sektor – 28,7 mlrd. so‘m

Bundan tashqari:
Yangi qurilish, rekonstruksiya, kengaytirish va texnik qayta qurollantirish – 53,0 mlrd. so‘m
Aholi jon boshiga qurilish ishlari – 762,2 ming so‘m

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha:
Bino va inshootlarni qurish – 69,7 mlrd. so‘m
Fuqarolik obyektlarini qurish – 6,7 mlrd. so‘m
Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari – 0,9 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.