23/05/2024

2024-yil yanvar-aprel oylari holatiga Yozyovon tumanida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan 90 korxona va tashkilotlar tomonidan 64,6 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 106,6 %ni tashkil etdi.

Shundan:
Yirik korxonalar – 6,1 mlrd. so‘m
Kichik korxona va mikrofirmalar – 38,1 mlrd. so‘m
Norasmiy sektor – 20,4 mlrd. so‘m

Bundan tashqari:
Yangi qurilish, rekonstruksiya, kengaytirish va texnik qayta qurollantirish – 40,7 mlrd. so‘m
Aholi jon boshiga qurilish ishlari – 538,3 ming so‘m

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha:
Bino va inshootlarni qurish – 21,0 mlrd. so‘m
Fuqarolik obyektlarini qurish – 38,8 mlrd. so‘m
Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari – 4,8 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.